International Journal of Finance and Digitalization
MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TARTIBI
1.Taqdim etilayotgan maqola ilmiy jurnal rukniga mos
kelishi shart. Maqola o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.
2. Ilmiy maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumotda familiyasi, ismi va sharifi
(to‘liq), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta
manzili va telefon raqami keltirilishi shart.
3. Ilmiy maqola mavzu, annotatsiya, tayanch so‘z va iboralar, kirish,
mavzuga oida adabiyotlar sharhi, tadqiqot metodologiyasi, tahlil va
natijalar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat
tartibda taqdim etiladi.
4. Ilmiy maqola mavzusi qisqa va aniq belgilanishi, ilgari surilgan muammo
va yechimlarni o‘zida ifodalishi lozim. Maqola taqdim etilishiga qarab mavzu
ikkita til (o‘zbek va ingliz, rus va ingliz yoki ingliz va o‘zbek)da
berilishi shart.
5. Har bir tildagi mavzudan so‘ng annotatsiya keltiriladi. Ilmiy maqola
annotatsiyasi ham ikki tilda, ya’ni taqdim etilishiga ko‘ra maqola o‘zbek va
ingliz o‘zbek tillarida alohida-alohida tartibda 10-12 qator doirasida
keltirilishi shart.
6. Tayanch so‘z va iboralar ilmiy maqoladagi ko‘pi bilan 6-8 ta muhim
so‘zlar asosida mavzu va annotatsiya keltirilgan tillarda keltirib o‘tiladi.
7. Ilmiy maqola kirish qismida mavzuning dolzarbligi aniq faktlar asosida
milliy va xalqaro darajada asoslanishi lozim.
8. Mavzuga oid adabiyotlar tahlilida xorijiy va mahalliy olimlar asarlari,
maqolalari, xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan ilmiy monografiyalar va
maqolalar, doktorlik (DSc, PhD) dissertatsiyalari avtoreferatlariga e’tibor
qaratish talab etiladi.
9. Ilmiy maqolalar tahlil va asosiy natijalar qismida aniq manbalar
ko‘rsatilgan holda kamida 5 yillik tahlil tavsiya etiladi. Tahlil asosida
muammolarni hal qilish bo‘yicha mualliflik yondashuvi ilgari suriladi.
10. Ilmiy maqolaning xulosa va takliflar qismida tadqiqotlar, tahlillar,
xorijiy tajribalar asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar aniq tarzda
keltirilishi shart.
11. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va asosiy manbalar maqola matnida
murojaat qilingan qonunchilik hujjatlari, boshqa mualliflar asarlari,
vebsaytlar asosida [1], [2] yoki [3] tartibida aks ettirilishi shart.
Adabiyotlar ro‘yxati muallif familiyasi, ismi-sharifi, asar nomi, nashr joyi,
nashriyot nomi, nashr yili, foydalanilgan aniq sahifalari (masalan, 1.
Stephen A. Ross, Randolph W. Westerfield, Bradford D.Jordan. Fundamentals of
Corporate Finance. – 10th ed.USA: TheMcGraw-Hill/Irwin, 2013. – P. 493-498)
tarzida, foydalanilgan saytlar to‘liq havola (https://stat.uz/uz/2-uncategorised/6599-narxlar-va-indekslar2)
tarzida keltiriladi. Adabiyotlar soni nazariy maqolalar bo‘yicha 25 dan
ortiq, amaliy maqolalar bo‘yicha esa 15 dan ortiq bo‘lishi talab etiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar qaysi tilda yozilganligidan qat’iy nazar
adabiyotlar ro‘yxatida lotin alifbosida aks ettiriladi.
12. Scopus, Science direct, Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarga
kiritilgan nashrlarda e’lon qilingan ilmiy ishlarga kamida ikkita havola
berilishi shart.
13. Maqola bo‘yicha texnik talablar: matn Microsoft Office Word dasturida,
Times New Roman, 14 shriftda, 1 intervalda bo‘lishi, sahifaning chap, yuqori
va quyi, va o‘ng tomonlari bo‘yicha 3, 2, 2, 1,5 santimetrdan iborat joy
qoldirilishi, 6-15 bet doirasida taqdim etilishi shart.
14. Boshqa jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar qabul qilinmaydi va
chop etilmaydi. Ingliz tilidagi maqolalarga ustuvorlik beriladi.
15. Ilmiy maqola yuqoridagi talablar asosida yozilib, ijfduz@gmail.com
elektron pochtasi yoki @akrambek telegrami orqali yuboriladi.
International Journal of Finance and Digitalization, 2022
ISSN: 2181-3957
ISSN: 2181-3957
International Journal of Finance and Digitalization, 2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022 yil 2 noyabrda №046386 raqamli ruxsatnoma berilgan.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining №046386 raqami guvohnomasi bilan OAV sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
ISSN:
2181-3957
Elektron pochta: ijfduz@gmail.com Tel.: (97)
100-72-55.