International Journal of Finance and Digitalization
Ilmiy-amaliy tadqiqotlar va
innovatsion ishlanmalar rivojlantirilishi hamda ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash jarayonlariga tatbiq
etishni rag‘batlantirish bo‘yicha amaliy mexanizmlar yaratish, fan va ishlab
chiqarishni yanada mustahkam aloqasini taʼminlash maqsadida, shuningdek
ilmiy tadqiqot tashkilotlari hamda real sektor korxonalari o‘rtasida
innovatsion hamkorlik aloqalarini o‘rnatish borasida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 15.07.08 yildagi PQ-916-sonli «Innovatsion
loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni
rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi
Qarorida Oliy o‘quv yurtlari oldiga bir qator vazifalar qo‘yilgan.
Ushbu vazifalarni hal etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 11.10.06 yildagi 214-sonli “O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini davlat roʼyxatidan o‘tkazish
tartibini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi Qarori har tomonlama
o‘rganib chiqildi. Ushbu qarorning birinchi “Umumiy qoidalar” nomli bobining
ikkinchi bandida ommaviy axborot vositasi deyilganda ommaviy axborotni
davriy tarqatishning doimiy nomga ega bo‘lgan hamda bosma tarzda (gazetalar,
jurnallar, axborotnomalar, byulletenlar va boshqalar) va (yoki) elektron
tarzda (tele-, radio-, video-, kinoxronikal dasturlar, umumfoydalanishdagi
telekommunikatsiya tarmoqlaridagi veb-saytlar) olti oyda kamida bir marta
nashr etiladigan yoki efirga beriladigan shakli hamda axborotni davriy
tarqatishning boshqa shakllari tushuniladi, deb taʼkidlanganligi bois
“ International Journal of Finance and Digitalization” nomli ilmiy elektron
jurnalini taʼsis etish bo‘yicha Ilmiy Kengash qarori qabul qilindi.
Ushbu elektron ilmiy jurnalda mualliflar o‘z
maqolalarini sanoat, infratuzilmalar, transport va kommunikatsiya
qurilishini innovatsion rivojlantirish, bank-moliya tizimini yanada isloh
etish va uning barqarorligini oshirish, uzoq istiqboldagi tarkibiy
o‘zgarishlarni davom ettirish va innovatsion iqtisodiyot
raqobatbardoshligini yanada oshirishni taʼminlash masalalariga qaratishlari
tavsiya etiladi.
Hozirgi kunda ilmiy elektron jurnallar chet elning
yetakchi universitetlarida keng joriy qilingan. Аxborotlashgan jamiyatning
shakllanib borishi bilan umumfoydalanishdagi telekommunikatsiya
tarmoqlaridagi veb-saytlar negizida tashkil qilinayotgan elektron ommaviy
axborot vositalarining salmog‘i ortib bormoqda. Bu turdagi nashrlarning keng
amaliyotga joriy etilishi nafaqat axborotlarni tezkor yetkazib berishni
oshiradi, balki qog‘ozdan ham samarali foydalanishga olib keladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 22.07.10
yildagi 155-sonli “Respublikada qog‘ozni tejash va undan ratsional
foydalanish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar” haqidagi Qarorida ham
boshqaruv tizimi, lokal va tarmoqlararo masalalarni tezkor hal qilish
jarayonlarida qog‘ozni sarf qilishni kamaytirish borasida
axborotkommunikatsiya texnologiyalari keng joriy qilinib borilayotgani
taʼkidlab o‘tilgan. Elektron hujjat almashuvi tizimidan amaliyotda keng
foydalanishga o‘tilmoqda va davlat hamda tashkilotlarning interaktiv turdagi
xizmatlari tarmog‘i kengaymoqda. Boshqaruv jarayonlarining hujjat
aylanishida qog‘ozni tejash va undan ratsional foydalanish borasida
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish vazifasi
ushbu qarorda dolzarb qilib keltirilgan.
Respublikamizning yetuk olimlari va
amaliyotchilarining nufuzli ilmiy ishlari natijalari bilan yosh olimlar,
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil izlanuvchilar va magistrlarni
yaqindan tanishtirib borish hamda respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy
sohalarida erishilayotgan innovatsion yutuqlarini ommaga tezkorlik bilan
yetkazib berish ushbu elektron jurnalning asosiy vazifalaridan hisoblanadi.
International Journal of Finance and Digitalization, 2022
ISSN: 2181-3957
ISSN: 2181-3957
International Journal of Finance and Digitalization, 2022
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022 yil 2 noyabrda №046386 raqamli ruxsatnoma berilgan.
O'zbekiston matbuot va axborot agentligining №046386 raqami guvohnomasi bilan OAV sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.
ISSN:
2181-3957
Elektron pochta: ijfduz@gmail.com Tel.: (97)
100-72-55.