International Journal of Finance and Digitalization  

Mualliflarga

Taqdim etish shartlari

Chop etish tartibi

Mualliflik huquqi

Jurnal

Jurnal haqida

Yangi son

Bo'limlar

Arxiv

MAQOLALARNI TAQDIM ETISH TARTIBI


1.Taqdim etilayotgan maqola ilmiy jurnal rukniga mos kelishi shart. Maqola o‘zbek, rus va ingliz tillarida taqdim etilishi mumkin.

2. Ilmiy maqola muallifi to‘g‘risida ma’lumotda familiyasi, ismi va sharifi (to‘liq), ish joyi va lavozimi, ilmiy darajasi va unvoni, elektron pochta manzili va telefon raqami keltirilishi shart.

3. Ilmiy maqola mavzu, annotatsiya, tayanch so‘z va iboralar, kirish, mavzuga oida adabiyotlar sharhi, tadqiqot metodologiyasi, tahlil va natijalar, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat tartibda taqdim etiladi.

4. Ilmiy maqola mavzusi qisqa va aniq belgilanishi, ilgari surilgan muammo va yechimlarni o‘zida ifodalishi lozim. Maqola taqdim etilishiga qarab mavzu ikkita til (o‘zbek va ingliz, rus va ingliz yoki ingliz va o‘zbek)da berilishi shart.

5. Har bir tildagi mavzudan so‘ng annotatsiya keltiriladi. Ilmiy maqola annotatsiyasi ham ikki tilda, ya’ni taqdim etilishiga ko‘ra maqola o‘zbek va ingliz o‘zbek tillarida alohida-alohida tartibda 10-12 qator doirasida keltirilishi shart.

6. Tayanch so‘z va iboralar ilmiy maqoladagi ko‘pi bilan 6-8 ta muhim so‘zlar asosida mavzu va annotatsiya keltirilgan tillarda keltirib o‘tiladi.

7. Ilmiy maqola kirish qismida mavzuning dolzarbligi aniq faktlar asosida milliy va xalqaro darajada asoslanishi lozim.

8. Mavzuga oid adabiyotlar tahlilida xorijiy va mahalliy olimlar asarlari, maqolalari, xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan ilmiy monografiyalar va maqolalar, doktorlik (DSc, PhD) dissertatsiyalari avtoreferatlariga e’tibor qaratish talab etiladi.

9. Ilmiy maqolalar tahlil va asosiy natijalar qismida aniq manbalar ko‘rsatilgan holda kamida 5 yillik tahlil tavsiya etiladi. Tahlil asosida muammolarni hal qilish bo‘yicha mualliflik yondashuvi ilgari suriladi.

10. Ilmiy maqolaning xulosa va takliflar qismida tadqiqotlar, tahlillar, xorijiy tajribalar asosida ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar aniq tarzda keltirilishi shart.

11. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va asosiy manbalar maqola matnida murojaat qilingan qonunchilik hujjatlari, boshqa mualliflar asarlari, vebsaytlar asosida [1], [2] yoki [3] tartibida aks ettirilishi shart. Adabiyotlar ro‘yxati muallif familiyasi, ismi-sharifi, asar nomi, nashr joyi, nashriyot nomi, nashr yili, foydalanilgan aniq sahifalari (masalan, 1. Stephen A. Ross, Randolph W. Westerfield, Bradford D.Jordan. Fundamentals of Corporate Finance. – 10th ed.USA: TheMcGraw-Hill/Irwin, 2013. – P. 493-498) tarzida, foydalanilgan saytlar to‘liq havola (https://stat.uz/uz/2-uncategorised/6599-narxlar-va-indekslar2) tarzida keltiriladi. Adabiyotlar soni nazariy maqolalar bo‘yicha 25 dan ortiq, amaliy maqolalar bo‘yicha esa 15 dan ortiq bo‘lishi talab etiladi. Foydalanilgan adabiyotlar qaysi tilda yozilganligidan qat’iy nazar adabiyotlar ro‘yxatida lotin alifbosida aks ettiriladi.

12. Scopus, Science direct, Web of Science kabi xalqaro ilmiy bazalarga kiritilgan nashrlarda e’lon qilingan ilmiy ishlarga kamida ikkita havola berilishi shart.

13. Maqola bo‘yicha texnik talablar: matn Microsoft Office Word dasturida, Times New Roman, 14 shriftda, 1 intervalda bo‘lishi, sahifaning chap, yuqori va quyi, va o‘ng tomonlari bo‘yicha 3, 2, 2, 1,5 santimetrdan iborat joy qoldirilishi, 6-15 bet doirasida taqdim etilishi shart.
 

14. Boshqa jurnallarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar qabul qilinmaydi va chop etilmaydi. Ingliz tilidagi maqolalarga ustuvorlik beriladi.

15. Ilmiy maqola yuqoridagi talablar asosida yozilib, ijfduz@gmail.com elektron pochtasi yoki @akrambek telegrami orqali yuboriladi.

 

 

 Bosh sahifa       Bog'lanish     Yangi son     Maqola yuborish

International Journal of Finance and Digitalization, 2022

ISSN: 2181-3957

ISSN: 2181-3957

 

 

 

 

 

International Journal of Finance and Digitalization, 2022

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 2022 yil 2 noyabrda №046386 raqamli ruxsatnoma berilgan.

2022

1-son

2-son

3-son

4-son

5-son

6-son

O'zbekiston matbuot va axborot agentligining 046386  raqami guvohnomasi bilan OAV sifatida davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

 ISSN: 2181-3957
Elektron pochta: ijfduz@gmail.com Tel.: (97) 100-72-55.

 

 

Tahririyat

Tahririyat a'zolari

E'lonlar

Bog'lanish